340 nafar ko‘ngillini kuzatish natijalari ijtimoiy tarmoqlarda iloji boricha ko‘proq “layk” olishga intiluvchi kishilar o‘ziga o‘ziga past baho berishi va yon-atrofdagilarga ishonishga moyil emasligini ko‘rsatdi. Bu haqda Britaniya psixologik jamiyatiga tayanib, Science Daily xabar bermoqda, deb yozadi “Nauka”.
Kardiffdagi (Buyuk Britaniya) Janubiy Uels universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari ijtimoiy tarmoqlardagi “layklar” psixologik holatni yaxshilashga qodir emasligidan guvohlik beradi.
Tadqiqotlar ishtirokchilari ularning ijtimoiy tarmoqlarga munosabatlari haqidagi savollardan iborat anketalarni to‘ldirdi. Jumladan, ko‘ngilli ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlardagi e’tibor o‘zini yaxshiroq his qilishga undash-undamasligi, shuningdek, “layklar” soniga qarab kimnidir mashhur hisoblash mumkin-mumkin emasligi haqida savolga tutildi. Natijada “Layklar” kishiga o‘zini baxtliroq his qilishga yordam bermasligi aniqlandi.
Izoh (0)