Buxoro viloyati Vobkent tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan 23 loyiha amalga oshirildi. Bu haqda Vobkent tumanidagi islohotlarni o‘rgangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining majlisida qayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Jumladan, aholiga qo‘shimcha daromad manbai yaratishga ko‘maklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1077 xonadonga 7 milliard 323 million so‘m ajratildi.
Shuningdek, kasb-hunar kollejlarining 23 nafar bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 173,5 million so‘m kredit berildi.
Izoh (0)