Yevropa Chempionlar ligasining Kardiff mezbonligida o‘tadigan hal qiluvchi final uchrashuviga birinchi bo‘lib Turinning “Yuventus” klubi yo‘l oldi.
“Monako” javob o‘yinida Buffon darvozasiga gol urib, “Yuventus”ning pley-offda davom etib kelayotgan dahlsizlik seriyasiga chek qo‘ydi. “Portu” va “Barselona”ga qarshi jami 4 ta o‘yinda, shuningdek, Monakodagi uchrashuvda Allegri boshqarayotgan klub o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagandi.
Pley-offning finalgacha bo‘lgan olti o‘yinida “Yuventus” beshta g‘alabaga erishdi va faqatgina bir marta durang o‘ynadi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bugun — 10-may kuni bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisidan keyin aniq bo‘ladi.
Yevropa Chempionlar ligasi Yarim final 9-may, seshanba
Izoh (0)