Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Nevada shtatida istiqomat qiluvchi talaba Karter Uilkerson Twitter’dagi retvitlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Wendy’s

Foto: Wendy’s

Uning naggetslarning bir yillik zaxirasi haqidagi xabari 3,4 million retvit to‘pladi. Bu bilan u teleboshlovchi Ellen Dejenneresning “Oskar” topshirish marosimida tushgan selfisidan iborat tvit o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Aprel oyining boshida Uilkerson Wendy’s tarmog‘idan bir yil davomida bepul naggetslar olib turish uchun qancha retvit to‘plashi lozimligini so‘ragan edi. Tarmoq vakillari 18 million retvit talab etilishini aytdi. Ushbu yozishma virusli tarqalib, yangi rekord qayd etildi.

18-aprel kuni Uilkerson Dejeneresning shousida ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi