Lionel Messining 25 yoshli eronlik qiyofadoshi Rizo Parastesh Hamid shahrida jamoat tartibini buzganligi uchun hibsga olindi, deb yozadi “Terrikon.com”.
“Barselona” va Argentina termasi futbolchisiga hayratlanarli tarzda o‘xshash bo‘lgan yigit chorrahada to‘xtab, Messining futbolkasida avtomobilidan chiqdi. U bilan suratga tushish uchun yuzlab odamlar to‘plandi. Tirbandlikka barham berish uchun politsiyachilar Parasteshni hibsga olishga majbur bo‘ldi. Uning avtomobili ham jarima maydoniga olib ketildi.
Parastesh bir necha oy avval otasining qistovi bilan mahalliy sport nashrlaridan biriga o‘z suratini yuborgach, butun Eronda mashhur bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng u fotomodellik qila boshladi va tez-tez intervyular beradigan bo‘ldi.
Izoh (0)