Fransiya prezidentligiga saylovda Emmanyuel Makron g‘alaba qozonganidan so‘ng Parijda boshlangan norozilik namoyishlari chog‘ida 141 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning so‘zlariga qaraganda, noroziliklar poytaxtning shimoli-sharqida ro‘y bergan. Ular politsiyaga qarata snaryadlar otgan, shuningdek, davlat mulkiga zarar yetkazgan.
Namoyishlar 7-may kuni boshlanib ketdi. “Olg‘a!” harakati yetakchisi Makron g‘alaba qozonganidan so‘ng uning raqibasi — Marin Le Penning tarafdorlari norozilik aksiyalari uyushtira boshladi.
Izoh (0)