Salkam 2 yil davomida koinotda maxfiy missiya bilan bo‘lgan AQShning X-37B Orbital Test Vehicle-4 orbital sinov samolyoti Kanaveral burniga qo‘ndi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“AQSh harbiy-havo kuchlarining X-37B OTV-4 samolyoti orbitadan qaytdi va Kennedi koinot markaziga eson-omon qo‘ndi. X-37 koinotda 700 kundan ortiqroq bo‘ldi”, — deyiladi Twitter’da joylashtirilgan xabarda.
Pentagon oldinroq X-37B OTV-4 bazasida ionli dvigatel ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha tajribalar o‘tkazish va materiallarning koinotda o‘zgarishini tadqiq etish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi. Amerika mini-shattlining to‘liq vazifalari oshkor etilmagan.
Ekspertlarga ko‘ra, havo kemasi koinotdagi tutuvchi qurilma yoki josus –samolyotning dastlabki namunasi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)