Turkiyaning Konya shahrida joylashgan istirohat bog‘ida “Erkin qulash” attraksionida odamlar o‘tirgan gondola quladi. Attraksionda 17 kishi bor edi, ularning o‘n nafari jarohat oldi, deb xabar beradi “Vestnik Kavkaza”.
Mexanizm odamlarni 25 metr balandlikka ko‘tarib, pastga tushirdi, ammo yerga ikki metr qolganda tros uzilib ketishi oqibatida odamlar qulab, metall platformaga urildi.
Ayni paytda voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)