Lindtrop aerodromida 45 yoshli daniyalik skaydayver himoya kabelida o‘ralib qolib, parashyut bilan 2500 metr balandlikda parvoz qilayotgan samolyotdan sakradi, deb xabar bermoqda TJournal.
Skaydayver kabelga o‘ralashgani bois samolyotga ilinib qoldi.
Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi skaydayverning instruktori uchuvchi va yer usti xizmati bilan radioaloqaga chiqishi bilan tashkillashtirilgan.
37 yillik tajribaga ega samolyot uchuvchisi Leyf Yoxannsen sodir bo‘lgan voqea haqida u bilan bog‘lanilmaguniga qadar bilmaganini ma’lum qildi.
Avvaliga samolyot 500 metrgacha pasaydi. Biroq keyin uchuvchi skaydayver kabeldan ozod bo‘lib, parashyut ishlata olishi mumkin bo‘lib qolishini o‘ylab, samolyotni ming metr balandlikka ko‘tardi. Shundan so‘ng samolyot tezkor yordam vertolyoti hamrohligida doira bo‘ylab harakatlarni amalga oshira boshladi. Bunda uchuvchi skaydayverning qo‘nishga tayyor ekanligini bildirishini kutdi. Bu taxminan bir soat vaqtni oldi.
Samolyot qo‘ngach, to‘xtaguniga qadar skaydayverni 200 metr masofagacha sudrab ketdi. Shunga qaramay, skaydayver deyarli hech qanday jarohat olmadi.
Izoh (0)