Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etgandi. Ularning barchasi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Chorak finalda ringga chiqqan bokschilardan 9 nafari zafar quchib, yarim final va mundial chiptasini qo‘lga kiritgan, keyinchalik ularning barchasi hal qiluvchi finalda ringga chiqish vazifasini uddalay olgandi.

Yarim final yo‘lida faqatgina Sanjar Tursunov mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, u o‘z vazn toifasida musobaqadagi ishtirokini davom ettirdi va hal qiluvchi pley-off jangida eronlik raqibini taslim qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining barcha bokschilari Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bunga qadar to‘rt nafar charm qo‘lqop ustasi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bugun — 7-may kuni qolgan besh bokschi finalda jang qiladi.

Pley-off

-91 kg: Sanjar Tursunov — Salar G‘ulomiy (Eron) — g‘alaba

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda