Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida 130 metrli daraxtlar ustidan o‘tgan yo‘lak bo‘ylab sayr qilish mumkin. Bu yo‘l Kirstenbosh botanika bog‘ida joylashgan. “Fotoshedevri” nashri ana shu mo‘jizakor yo‘lning fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Ko‘prikning yaratuvchilari — me’mor Mark Tomas va muhandis Genri Fegan. Yo‘lak o‘rmonda boshlanib, sekin-asta yuqoriga ko‘tarilib boradi. Ertaklardagi sehrli yo‘lakni eslatuvchi ko‘rik 12 metr balandlikdan o‘tadi.
Kristenbosh bog‘i yuz yil avval yaratilgan. Unda o‘simliklarning kamyob turlari saqlanadi va hududdagi o‘simlik dunyosi bilan tanishishga imkon beradi.
Izoh (0)