Samarqandda “Inson — qimmatli, xotira — muqaddas” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzNews.
Tadbirda urush va mehnat faxriylari, adabiyot va san’at arboblari, ijodkor yoshlar bilan bir qatorda yaponiyalik sayyohlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv ishtirokchilari Amir Temur nomidagi shahar Madaniyat va dam olish markazining “Esperanto” xalqaro do‘stlik to‘garagi faollari tomonidan tayyorlangan “Xirosima-Nagasaki: xotira va umid sadosi” hujjatli filmi lavhalarini tomosha qildi.
Tadbirda yaponiyalik sayyohlar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand aholisiga “Dunyoda Tinchlik Bo‘lsin!” yozuvi bitilgan Tinchlik ustunini sovg‘a qildi. Yozuv o‘zbek, yapon va boshqa tillarda bitilgan.
Izoh (0)