Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil boshida MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilgan yangilangan Nokia 3310 ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Malayziyada allaqachon uning qalbakisini sotuvdan topish mumkin. Bu haqda “4PDA.ru” xabar bermoqda, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Foto: “Mobinfo.uz”

Foto: “Mobinfo.uz”

Klonlarning birinchi partiyasi Nokia logotipiga ega bo‘lmaganligi, biroq mobil qurilmalar yangi Nokia 3310 ga juda o‘xshash ekanligi ta’kidlanmoqda. Klonlarning ikkinchi to‘lqini originalga yanada ko‘proq o‘xshash bo‘lib chiqdi. Qurilmalar displeyida Nokia logotipi ham paydo bo‘ldi.

Biroq qalbakisini originaldan farqlash qiyin ish emas. Birinchidan, ular Nokia Series 30 UI’da emas, allaqanday o‘z proshivkasida ishlaydi. Ikkinchidan, qalbaki qurilmaning ekrani ancha kichkina.

Foto: “Mobinfo.uz”

Foto: “Mobinfo.uz”

Eslatib o‘tamiz, yangilangan Nokia 3310 may oyining o‘rtasida sotuvga chiqadi. Uning qalbakisiga duch kelmaslik uchun rasmiy distribyutorlar va ishonchli sotuvchilardan xarid qilish tavsiya etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi