Yevropa politsiya agentligi rahbari Rob Ueynrayt Telegram messenjeri rahbari hamda shaxsan loyiha asoschisi Pavel Durovni maxsus xizmatlar bilan aloqa qilmaslikda hamd terrorga qarshi kurashda yordam berishni istamaslikda aybladi. Uning tan olishicha, Telegram “so‘rovlarni butunlay inkor qilyapti deb bo‘lmaydi”, ammo bu Twitter va Facebook ko‘rsatayotgan “hamkorlik darajasi emas”, deb xabar beradi TJournal.
Ueynraytning ta’kidlashicha, Yevroittifoq IShID terrorchilariga internet resurslaridan foydalan olmasligi yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda, negaki aynan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar propaganda va yangi a’zolarni yollash vositasiga aylanib bormoqda. Shu tufayli IShID hatto o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga majbur bo‘ldi.
Yevropol rahbari Durovning messenjeri erkin bo‘lishi, davlat bilan hamkorlik qilmasligi borasidagi pozitsiyasini eslatib o‘tdi. Ammo Ueynrayt Telegram butunlay aloqalardan bosh tortmaganini ham tan oldi.
“Durovning nuqtai nazari Rossiyada olingan tajriba bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli yuqori”, — taxmin qildi Yevropaning bosh politsiyachisi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)