Butun dunyo bo‘ylab ommabop WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari dastur ishidagi nosozlikdan shikoyat qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Muammolarga xususan, Yevropa va Braziliya aholisi duch kelgan, shuningdek, dasturning rus tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilarini ham nosozliklar ta’siridan chetda qolmagan.
Foydalanuvchilar Twitter’da yozishicha, messenjer internetga ulanmay qolgan, natijada xabarlarni yuborish va qabul qilish mumkin bo‘lmagan.
WhatsApp muammo borligini tasdiqladi va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishga va’da berdi.
Izoh (0)