Dunyo bizni hayratlantirishdan charchamaydi. Yerning har bitta burchagida eng ashaddiy skeptiklar (har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar)ni ham mo‘jizaga ishonishga undaydigan aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsalar bor. AdMe mistika yaqqol seziluvchi bunday joylarning sakkiztasini to‘pladi.
Magnitli tepaliklar, Hindiston
Avtomobilni tepalik etagiga to‘xtatib, neytral uzatishga qo‘ysangiz, mashina tepalikka qaytib chiqib keta boshlaydi. Uni tepaga qandaydir ko‘rinmas kuch tortayotgandek bo‘ladi. Bu hodisaning aniq izohi yo‘q. Ba’zilar bu gravitatsiya balandligi yaratgan illyuziya deb hisoblaydi.Tosh maqbaralar (Rokniya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Skandinaviya, Rossiya)
“П” shaklidagi qadimiy ulkan yassi tosh plitalar sayyoraning turli burchaklarida aniqlangan. Arxeologlar fikricha, ular qadimiy kohinlarning qabr toshlari bo‘lgan. Tosh maqbaralarda soat yurishi o‘zgaradi, uskunalar millari g‘alati harakatlanadi.Mangu olov sharsharasi, AQSh
Hodisaga kichik tog‘ yoriqlari sababchi bo‘ladi, ular orqali tabiiy gaz sizib chiqadi. Ba’zan “mangu olov” o‘chib qoladi, ammo sayyohlar uni yana yoqib qo‘yadi.Frangokastello qasri, Gretsiya
Krit orolida Yerdagi yagona hujjatlashtirilgan sarob kuzatiladi. Har yili may oyi oxirida piyoda yoki ot minib, qurol ko‘targan odamlar soyalari Avliyo Xarlampiy cherkovidan Frangokastello qo‘rg‘oniga qarab harakatlanadi. Hodisa erta tongda dengiz tinch va atmosfera namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuzatiladi. U odatda 10 daqiqa davom etadi.Chexiya katakombalari, Chexiya
1996-yilda olimlar afsonalarda aytiladigan organ tovushlarini qayd etdi. Yer osti yo‘li 10 metr chuqurlikda joylashgan, uning yaqinida ushbu musiqiy asbob chalinishi mumkin bo‘lgan hech qanday bino yo‘q. Shuningdek, tovushni eshitgan guvohlarni psixologlar tekshirib ko‘rdi va ommaviy gallyutsinatsiya belgilarini aniqlamadi.Toshli o‘rmon, Xitoy
Toshli o‘rmon 200 million yil oldin shakllangan. Ilgari bu yerda dengiz bo‘lgan, unda ohaktoshning qalin qatlamlari cho‘kib qolgan. Ammo tektonik harakatlar natijasida toshlar yuzaga chiqqan. Toshli o‘rmonning yer osti qismida Kvifeng g‘ori joylashgan, har yili avgustdan noyabrgacha yer osti daryosi har 30 daqiqada girdob hosil qiladi, u bir necha daqiqa davom etib, so‘ng yo‘qoladi.Besh rangli daryo, Kolumbiya
Yil bo‘yi oddiy ko‘rinishda bo‘lgan daryo yozda rang-barang gilamga aylanadi. Qizil, pushti, ko‘k, yashil va sariq rangni noyob turdagi suv o‘tlari hosil qiladi.Qonli sharshara, Antarktida
Hatto -10 daraja sovuqda ham muzlamaydigan qip-qizil sharshara. Garvard universiteti olimlari ko‘lga joylashib olgan mikroorganizmlar bunday tabiat hodisasi yuzaga kelishi sababchisi ekanligini isbotlab berdi.
Izoh (0)