IShID terrorchi guruhi a’zolari 2-may, seshanba kuni Suriya shimoli-sharqidagi Rajm-as-Salibi aholi yashash punktida yashovchi qochoqlar lageriga hujum qildi. Hujum oqibatida 46 kishi, jumladan, “Suriya demokratik kuchlari”ning 15 nafar kurd jangarisi halon bo‘ldi. Bu haqda Daily Star’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qolgan qurbonlar – tinch aholi va asosan ayollar va bolalar ekani ta’kidlandi. O‘nlab odamlar jarohat oldi. Kurdiston harbiy vakili Ridor Halilning aytishicha, hujumda jangari-xudkushlar ishtirok etib, ular o‘zini “Suriya demokratik kuchlari” blokposti yaqinida portlatdi.
Shundan keyin terrorchilar lagerga bostirib kirib, qurolsiz odamlarni o‘ldirdi hamda bir guruh odamlarni garovga olib qochdi. “Suriya demokratik kuchlari” bo‘linmasi hujumni uyushtirgan IShIDning to‘dasini qidirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)