Chempionlar ligasi yarim finalidagi yirik mag‘lubiyatga qaramay, “Atletiko” a’zolari o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmagan. Bu yarim himoyachi Koke tomonidan berilgan intervyuda ham o‘z aksini topdi, deb yozdi “Sports.ru”.
Biz shanba kuni bo‘ladigan La liga o‘yini haqida o‘ylaymiz. Undan keyingina “Real” bilan javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ramiz.Biz finalda o‘ynayshni istaymiz. Muxlislarimiz aytganidek, ishonishda davom etamiz.
Birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik. “Real” haqli g‘alabaga erishdi, bu borada ularni tabriklayman. Javob o‘yini esa boshqacha o‘tadi.
Finalda mag‘lub bo‘lishdan ko‘ra, yarim finalda qolib ketish yomonroq. Biz kurashishda davom etamiz. “PSJ” misolida olib qaraganda ham bu futbol. Biz Krishtianu Ronaldusi bor “Real”ni o‘z uyimizda 4:0 hisobida mag‘lub eta olgan jamoamiz.
Koke, “Atletiko” a’zosi
“Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, butun o‘yin davomida “Atletiko” futbolchilari “Real” darvozasiga bitta ham aniq zarba bera olmagan va shu tariqa 15 o‘yindan buyon davom etib kelayotgan safardagi mag‘lubiyatsiz seriyani yakunlagan. Madrid klubi so‘nggi bor o‘tgan yilning 12-dekabr kuni safarda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bergan va shundan keyin safardagi uchrashuvlarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgandi.
Futbol ajoyib o‘yin. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men imkoniyatimiz bor deb o‘ylashda davom etaman. Futbolchilarga ham bu haqda aytdim va mag‘lubiyat haqida unutishlari kerakligini tushuntirdim.“Real” bugun yaxshiroq edi. Men raqibni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ular o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalana oldi.
Hozir xotirjamman. Qilib bo‘lmaydi deb hisoblanadigan ishni qilishga urinamiz. Balki uddalarmiz.
Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi
Izoh (0)