Dunyoning turli mamlakatlarida oddiy aholi istiqomat qiladigan uylarning ko‘rinishi aslida qanday ekanligiga AdMe e’tibor qildi.
Yaponiya
Tokio dunyodagi eng aholisi ko‘p va qimmat megapolislardan biri hisoblanadi. Shuning uchun faqat o‘ziga to‘q yaponlargina keng xonali uylarda yashashi mumkin. Odamlarning ko‘pchiligi shu kabi kichik kvartiralardan istiqomat qiladi.
Bitta xonaning o‘zida ham yotoqxona, ham mehmonxona va oshxona joy olgan. Burchakdan esa muzlatgich joy olgan.
Dahlizdagi sariq eshik ortida esa javon, hojatxona va hatto oshxona joylashgan.
Ispaniya
Ispaniyaliklar asosan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Qirollikning istalgan shahridagi oddiy hududlar huddi shu ko‘rinishga ega.
Oq devorlar, tosh pollar va derazadagi darchalar — ispan xonadonlarining majburiy atributi hisoblanadi. Bu kabi sharoitlar issiq yozdan omon chiqishda yordam beradi.
Ammo qishda juda sovuq bo‘ladi, chunki ko‘plab xonadonlarda isitish tizimi mavjud emas. Aholi elektr isitgichlardan foydalanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Ispaniyada elektr energiyasi juda qimmat.
Shvetsiya
E’tiborli jihati shundaki, yerto‘lalardan unumli foydalanish: u yerda velosipedlar saqlanadi, butun uy uchun kir yuvish xonasi vazifasini bajaradi, ba’zida esa trenajyorlar ham o‘rnatiladi.
Shuningdek, har bir xonadonning yerto‘lasida yashirin-saqlash xonasi mavjud. Barcha keraksiz, ammo tashlab yuborishga ko‘z qiymaydigan narsalar aynan shu yerda saqlanadi.
Va albatta dunyoga mashhur shved interyeri. Skandinaviya uslubidagi oddiy xonaning ko‘rinishi: oq devorlar, oppoq jihozlar, yorqin rangdagi bezaklar, ulkan derazalar va pardalarning yo‘qligi.
Buyuk Britaniya
Hech bir ingliz agar tanlash imkoniyati bo‘lsa ko‘p qavatli uyda yashashni istamagan bo‘lardi. Britaniya shaharlari chetidagi uylar shu kabi ko‘rinishga ega.Ko‘plab uylarda markaziy isitish tizimi mavjud emas va resurslarni doimiy tejash uyning ichki ko‘rinishiga ta’sir etadi. Uyning barcha xonalarida gilamchalar, yelvizakka qarshi yostiqchalar, pastak yumshoq kursi, qalin jun ro‘mol, yostiqchalar va, albatta, kamin bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ko‘pchilik uchun noqulay bo‘lgan — ikki jo‘mrakli rakovina: biridan sovuq, ikkinchisidan issiq suv chiqadi.
Janubiy Koreya
Koreyaliklarning 80 foizi bir xil qolipdagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Uzoqdan ko‘rinishi uchun uylarning raqamlari katta qilib inshoatning yuqori qismiga yozib qo‘yiladi.Koreys xonadonlarida koridor bo‘lmaydi. Hatto “koridor” so‘zining o‘zi ular uchun notanish.
Koreyada xonadonlar unchalik katta emas, biroq doim ulkan derazalar sabab yorqin. Shu sababli xonalar keng ko‘rinadi.
Avstraliya
Avstraliya aholisining 30 foizi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi, lekin bu ko‘rsatkich doimiy ravishda ortib bormoqda.Avstraliyada bitta oila o‘rtacha maydoni 80—120 kvadrat metrga teng uchta yotoqxonasi mavjud uyda istiqomat qilishadi. U yerda yotoqxonadan tashqari mehmonxona, oshxona, ba’zida ikkinchi mehmonxona, kir yuvish uchun kichkina xona, ikkita hojatxona va garaj joylashgan.
Hindiston
Hindistonda o‘ziga to‘q oila o‘zining ko‘p xonali shaxsiy uyida istiqomat qiladi. Bu kabi uylar asosan ikki qavatli, ichki qismida hovlisi ham mavjud.Bu kabi uylarning interyeri zamovaiy g‘arb bilan an’anaviy sharq dizaynining qorishmasiga o‘xshab ketadi. Pastki qavatda ombor, yuqorida — mehmonlarni qabul qilish uchun serhasham xonalar joylashgan.
Kuba
Kubadagi shaharlari asosan 1—2 qavatli beton uylardan iborat. Eng e’tiborli jihati ularning derazalarida oyna yo‘q. Oyna o‘rniga yog‘och, ba’zida temir jalyuzilardan foydalanishadi.Kuba poytaxti, Gavananing markaziy qismidagi uylar yuqori shiftli, qadimiy jihozlar va interyerga ega bo‘lib, san’at asarlari kabi ko‘rinish namoyish etgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Bu yerda uylar yashash uchun maksimal tayyor, uyning barcha qismiga gilamlar to‘shalgan, santexnik va oshxona texnikasi bilan jihozlanib, tayyor holda topshiriladi.Eng muhim qoida: nechta yotoqxona bo‘lsa — shuncha vanna bo‘lishi kerak.
Amerika uylari interyerining e’tiborli jihati ular juda qimmat ko‘rinadi, qulay va shu bilan birga juda oddiy.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)