Samarqand viloyati Samarqand tumanida yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga ko‘rsatilgan 25 ming so‘mlik xizmat uchun plastik kartochkadan 30 ming so‘m, ya’ni 5000 so‘m ortiqcha haq ushlab qolgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Buning ustiga u kunlik savdodan tushgan 64,5 so‘m miqdoridagi naqd pulni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritishni “unutib” qo‘ygan.
Aniqlangan ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, qoidabuzarga nisbatan tegishli chora qo‘llanildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)