Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi mamlakat fuqarolarini chet elliklar bilan yozishmalarini kuzatishni to‘xtatadi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, MXA Amerika maxsus xizmati tomonidan kuzatuvda bo‘lgan chet ellik shaxslarning ismi tilga olingan xabarlarni ham tekshirishni to‘xtatadi.

AQSh fuqarolarini kuzatish mavzusi 2013-yilda Amerika maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden ommaviy elektron kuzatuv dasturini fosh qilgach ko‘tarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oq uy Snoudenni afv etishdan bosh tortgan edi. AQSh prezidentining ichki xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maslahatchisi Liza Monako Snouden o‘z qilmishlariga javob berishdan qochmasdan AQShga qaytishi kerakligini aytgandi. Hozirda AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Rossiyada yashamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi