Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR 29-aprel kuni ballistik raketaning sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar bermoqda. Meduza’ning yozishicha, bu aprel oyi boshidan beri KXDR o‘tkazgan uchinchi raketa sinovidir.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Raketa uchirilgani haqidagi axborotni AQSh Qurolli kuchlarining Tinch okeani bo‘yicha qo‘mondonligi ham tasdiqlagan. Amerika harbiylarining ta’kidlashicha, raketa startdan ko‘p o‘tmay havoda portlab ketgan, uning bo‘laklari Shimoliy Koreya hududiga, Pukchan aeroportidan 35 kilometr masofada qulagan.

Raketa sinovini AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya vakillari qoralab chiqdi. KXDRda sinov o‘tkazilgani haqidagi axborot paydo bo‘lganidan so‘ng, Yaponiyada xavfsizlik choralari kuchaytirildi, xususan, Tokio metrosining bir qator yo‘nalishlarida harakat to‘xtatildi.

“RIA Novosti”ning qayd etishicha, raketa sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashida KXDRga nisbatan bosimni kuchaytirish masalasi muhokama qilingan maxsus yig‘ilish yakuniga yetganidan bir necha soat o‘tib amalga oshirilgan.

Xususan, mazkur majlisda AQSh Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni, Janubiy Koreya esa KXDRni BMT tarkibidan chiqarishni taklif qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ