Qozog‘istonning janubiy mintaqalarida uzoq payt davom etgan 30 darajali jaziramadan so‘ng havo keskin sovudi, yaqin kunlarda qor va muzlamalar kutilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Kazgidromet” ogohlantirishiga ko‘ra, 29-aprelga o‘tar kechasi Janubiy Qozog‘iston viloyatida yomg‘ir aralash qor yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda jala va chaqin, shimoli-g‘arbiy shamolning 15–20 metr/sekundga kuchayishi aytilmoqda. 28–30-aprel kunlari yer usti muzlashi, havo harorati minus 2 daraja bo‘ladi.
Olmaota viloyatida 28-aprel — 1-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘adi. 30-aprel — 1-may kunlari tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida qor aralash yomg‘ir kutilmoqda. Joylarda jala va chaqin, g‘arbiy shamolning 18–23 metr/sekundga kuchayishi aytilmoqda. Tunda havo harorati plyus 1–6 darajaga, ayrim joylarda minus 2 darajaga tushishi kutilmoqda.
Jambul viloyatida tungi soatlarda tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida yomg‘ir aralash qor yog‘adi, ayrim joylarda chaqin, jala, shimoli-g‘arbiy shamolning 15–20 metr/sekundga kuchayishi aytilmoqda. 29–30-aprel kunlari tunda havo harorati plyus 0–5 daraja, ayrim joylarda minus 3 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)