O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez katta ehtimol bilan may oyidayoq vataniga qaytib ketadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Ispaniyalik mutaxassis 2015-yilning martida O‘zbekiston futzal termasini qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida jamoa 2016-yil Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida finalga qadar yetib borib, tarixda ilk bor Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritgandi.
Mendez ayni vaqtda O‘zbekiston U20 termasining ustozi hisoblanadi. Murabbiy jamoasini may oyida Tailandda o‘tadigan qit’a chempionatiga tayyorlantirmoqda. Uning O‘zbekistondagi so‘nggi ishi ham aynan mana shu musobaqa bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid: Rossiyada istiqomat qiladigan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Aminovning O‘zbekiston futzali borasidagi fikrlarini shu havola yordamida o‘qish mumkin.
Izoh (0)