Fevral oyida Xitoyning Sian shahrida ko‘cha tozaligini tekshirishning yangi standartlari ishlab chiqildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Farroshlarning ish samaradorligini to‘g‘ri baholash uchun shahar ko‘chalari uch kategoriyaga bo‘lindi. Ularning har biri muayyan standartlarga javob beradi. 1-kategoriya ko‘chalarida bir kvadrat metrda 5 gramm, 2-kategoriyada 10 grammgacha, 3-kategoriyada esa 20 grammgacha chang bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘chalarni yangi qoidalar doirasida tekshirish ogohlantirishsiz amalga oshirilmoqda. Tekshiruv chog‘ida inspektorlar yo‘lning bir kvadrat metrini ajratib, u yerdan changni to‘playdi va tarozida o‘lchaydi.
Agar ko‘cha toza deb topilmasa, farrosh jarima ochkosi oladi. Uch ochko olgan farrosh ishdan haydaladi, rahbariyatga nisbatan esa intizomiy chora ko‘riladi.
Farroshlarning o‘zlari rahbariyatning ushbu tashabbusidan xursand emas.
Izoh (0)