Ispaniya chempionati 34-turida “Barselona” o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qilib, 7:1 hisobida yirik g‘alabani nishonladi. Kataloniyaliklarning o‘yindagi oltinchi goliga mualliflik qilgan Xavyer Maskerano o‘zi uchun tarixiy natija qayd etdi.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar himoyachisi Xavyer Maskerano uchrashuvning 67-daqiqasida penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, 7 yil deganda“Barselona” uchun birinchi marta gol urdi.
Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safidagi ilk golini uchun “Barselona” libosida 319 o‘yinda maydonga tushishi kerak bo‘ldi.
Bundan tashqari, Maskerano joriy mavsumda “Barselona”ning Ispaniya chempionatidagi 100-goliga mualliflik qildi. Kataloyinaliklar Yevropa milliy chempionatlari orasida 2016/17-yilgi mavsumda 101 ta gol urib, 100 ta gol urgan birinchi klubga aylandi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi 2010-yili “Liverpul” klubidan “Barselona”ga kelib qo‘shilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)