Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya La ligasining 34-turi “Atletiko”ning markaziy o‘yindagi mag‘lubiyati bilan start olgandi. Endi esa “Real” va “Barselona” klublari ham mazkur tur doirasida maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“El-Klasiko”da imkoniyatni boy berib, o‘z ahvolini biroz qiyinlashtirib qo‘ygan Madridning “Real” klubi “Deportivo” maydonida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu kuni Serxio Ramos, Luka Modrich, Karim Benzema, Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos va hatto darvozabon Keylor Navas ham maydonga tushmadi. “Barselona”dagi o‘yinga qaraganda Zidan 9 ta o‘zgarishga qo‘l urgandi.

“Barselona” esa o‘z maydonida 7:1 hisobida zafar quchdi. Neymar va Luis Suares ishtirok etmagan o‘yinda ham kataloniyaliklar sermahsullik namoyish eta oldi. Andre Gomesh, Messi hamda Alkaser dubl qayd etgan bo‘lsa, penalti Maskeranoga ishonib topshirildi.

Ispaniya La ligasi 34-tur o‘yinlari 25-aprel, seshanba

“Sporting” — “Espanyol” 1:1

Gollar: Viktor Rodriges, 39 (1:0). Xerard, 55 (1:1).

“Granada” — “Malaga” 0:2

Gollar: Sandro Ramires, 48 (0:1). Sandro Ramires, 90+2 (0:2).

“Atletiko” — “Vilyarreal” 0:1

Gol: Roberto Soriano, 82 (0:1).

26-aprel, chorshanba

“Barselona” — “Osasuna” 7:1

Gollar: Lionel Messi, 12 (1:0). Andre Gomesh, 30 (2:0). Roberto Torres, 48 (2:1). Andre Gomesh, 57 (3:1). Lionel Messi, 61 (4:1). Pako Alkaser, 64 (5:1). Xavyer Maskerano, 67-pen (6:1). Pako Alkaser, 86 (7:1).

“Valensiya” — “Real Sosyedad” 2:3

Gollar: Diyego Alves, 1-avt (0:1). Villian, 30-pen (0:2). Mikel Oyarsabal, 65 (0:3). Luish Nani, 68-pen (1:3). Simone Dzaza, 72 (2:3).

“Leganes” — “Las-Palmas” 3:0

Gollar: Lusiano, 55 (1:0). Migel Anhel Gerrero, 59 (2:0). Lusiano, 61-pen (3:0).

“Deportivo” — “Real Madrid” 2:6

Gollar: Alvaro Morata, 1 (0:1). Xames Rodriges, 14 (0:2). Florin Andone, 35 (1:2). Lukas Vaskes, 44 (1:3). Xames Rodriges, 66 (1:4). Isko, 77 (1:5). Xoselu, 84 (2:5). Kazemiro, 87 (2:6).

jadval

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi