Berklidagi (AQSh) Kaliforniya universitetida “Taxtlar o‘yini” seriali tillari bo‘yicha kurs ochildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur kursni shu yozda o‘tish mumkin. U olti hafta davom etadi. Kurs “‘Taxtlar o‘yini’ lingvistikasi va til o‘ylab topish san’ati” deb ataladi.
Kurs ma’ruzachisi lingvist Devid J. Piterson bo‘ladi. U serialda qo‘llanilgan dotraki va valiriy tillarini yaratgan.
Shuningdek, u boshqa seriallar uchun ham sun’iy tillar yaratib bergan.
Izoh (0)