WSB chorak finalidan o‘rin olgan Uzbek Tigers — Cuba Domadores to‘qnashuviga Samarqand shahri mezbonlik qiladi, deb yozdi “Olamsport”.
Jang 13-may kuni bo‘lib o‘tsa, javob bellashuvlari 19-mayga tayin qilingan.
Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers guruh bosqichidan joy olgan Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya termalariga qarshi boks kechalarini poytaxt Toshkentda o‘tkazgandi.
Mazkur musobaqa o‘zbekistonliklar uchun hisob bo‘yicha ikkinchisidir. Bir yil avval Uzbek Tigers debyut mavsumida yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lib, final ostonasida aynan Cuba Domadores’ga imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)