O‘zbekistonga 27-aprel kuni Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon as-Said boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish, qator vazirlik va idoralarda muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish ham tashrif dasturidan o‘rin olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)