Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull e’lon qilinmagan tashrif bilan Iroq va Afg‘onistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Bosh vazir tashrif davomida har ikkala mamlakat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va ularning hududida joylashgan avstraliyalik va Yangi zelandiyalik harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi.Bosh vazir Iroq va Afg‘onistonga tashrifi haqida Facebook’dagi sahifasida hikoya qildi. “O‘rta Sharqda xizmat o‘tayotgan erkak va ayollar bilan uchrashish va ularga minnatdorlik bildirish men uchun sharaf bo‘ldi. Ikki mingga yaqin avstraliyalik harbiy xizmatchi terrorchilarni yo‘q qilishga ko‘mak bermoqda. Ular biz uyda erkin yashashimiz uchun ozodlikni himoya qilmoqda”, — deb yozdi Ternbull.
Hukumat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ternbull 23-aprel, yakshanba kuni Bag‘dodda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan uchrashuv o‘tkazib, unda Avstraliyaning Iroqqa qo‘shimcha 110 million Avstraliya dollari miqdorida gumanitar yordam ajratish rejasi haqida ma’lum qilgan.
24-aprel, dushanba kuni Ternbull Qobulda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)