“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish, yangicha yondashuvlar bilan aholini tadbirkorlikka yetaklash maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Xususan, mazkur moliya muassasasi tomonidan 2017-yilda mamlakatimizda xususiy tadbikorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bankka nisbatan ishonchini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Oddiy aholini tadbirkor qilish” shiori ostida aholini sohaga yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida bank tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Jumladan, tasdiqlangan kompleks dasturni amaliyotga tatbiq etish maqsadida bankning markaziy apparatida maxsus boshqarma tashkil etildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat boshqarmalari hamda mavjud 177 ta filialda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va mikrokreditlar berish uchun alohida bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yangi boshqarma va bo‘limlarga 576 nafar malakali mutaxassis ishga qabul qilindi. Shuningdek, dastur ijrosini sifatli tashkillashtirish maqsadida jami 2060 nafar bank xodimi jalb etildi.
Ana shu maqsadda aholi bilan muloqotlarni sifatli tashkil etishga qaratilgan maxsus jadval ishlab chiqildi. Ushbu jadval asosida qishloq hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, har bir xonadonga bank tomonidan maktublar yo‘llandi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hamda aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan maxsus so‘rovnomalar ham yuborildi.
Bank xodimlari biriktirilgan xonadonlarda bo‘lib, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha imkoniyat va sharoitlarini o‘rganishdi, maxsus so‘rovlar ham o‘tkazishdi. Bundan tashqari, aholining sohaga qiziqishini orttirish hamda bu jarayonlardan xabardorligini yanada oshirish maqsadida maxsus buklet shaklidagi namunaviy biznes loyihalar tarqatildi. Bankning imtiyozli kreditlash tartiblari, bu boradagi boshqa yo‘l-yo‘riq va me’yoriy hujjatlardan iborat tadbirkorlik burchaklari loyihalari joylarga yetkazildi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan va kreditga talabi bor oila vakillarining biznes loyihalari bank filiallari tomonidan qisqa muddatlarda o‘rganilib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda yaqindan ko‘mak berilmoqda. Jumladan, kredit ajratish jarayonini har bir kreditlash tarmoq boshqarmalari tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda.
“Agrobank” ATB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholning shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishlarini tashkil etish maqsadida joriy yilning shu kuniga qadar 1 million 260 mingdan ziyod xonadon qamrab olindi.
Bunda aholi ko‘proq bog‘dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona qurish, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan.
Davlatimiz rahbarining har bir xonadon tomorqasiga yong‘oq, limon ekib, shuning ortidan daromad olishi kerakligi borasidagi tashabbusi bizni yanada ruhlantirib yubordi. Shu bois, tomorqamizda ixchamgina issiqxona tashkil etib, limon yetishtirishni maqsad qildik. Ezgu niyatim amalga oshishida “Agrobank”ning tuman filialidan ajratilgan 7 million so‘m kredit qo‘l keldi. Ochig‘i, limon mevasi shifobaxsh xususiyatlarga egaligi ham ko‘pchilikka ma’lum. Shu sababdan ham u juda xaridorgir. Bundan tashqari, biz tomonlarda limon yetishtirishning hadisini olgan kishilar talaygina. Tomorqasidagi bir qarich yerga mehr berib, turli meva-sabzavotlardan bir yilda uch martalab hosil olishayotgani ham haq gap. Biz ham mo‘’jazgina issiqxonadan samarali foydalanish maqsadida limon ko‘chatlari qator oralariga ro‘zg‘or uchun pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi sabzavot ekinlarini ekib qo‘ydik. Bu bilan qo‘shimcha daromad oshib, oilamiz farovonligi ta’minlanadi.Reklama huquqi asosidaAhmadali Abdullayev, ulug‘norlik fuqaro
Izoh (0)