Suriya qurolli kuchlari Xon Shayxunda 4-aprel kuni ro‘y bergan voqealarni taftish qilish uchun maxsus komissiya yo‘llangan taqdirda u yerdagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Rossiya Mudofaa vazirligi so‘roviga binoan Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi Xon Shayxunda 4-aprel kuni ro‘y bergan voqealarni taftish qiluvchi ekspertlar komissiyasi yo‘llangan taqdirda u yerdagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Ekspertlar missiyasining Xon Shayxundagi xavfsiz faoliyatini ta’minlash uchun Suriya tomoni o‘z qo‘shinlari xatti-harakatlariga moratoriy e’lon qilishga tayyor”, — deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni Xon Shayxunda kimyoviy qurol qo‘llangan edi.
Izoh (0)