Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu” arenasida shu vaqtga qadar qo‘shimcha daqiqada mag‘lub bo‘lmagandi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
Ispaniya chempionatining 33-turida “Qirollik klubi” shunga yo‘l qo‘yib berdi. “El-Klasiko” taqdirini Lionel Messining 92-daqiqada urgan goli hal qildi. Demak, bu gol “Real”ning yaxshi an’anasiga chek qo‘ydi va Madrid super klubi o‘z maydonida birinchi bor so‘nggi daqiqalar “qurboniga” aylandi.
Men xato qildim, bunda barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Bunaqasi har kimda bo‘lishi mumkin. Hisob 2:2 ko‘rinishini olganidan keyin ham hujum qilishda davom etmoqchi bo‘ldik. Bu bilan to‘pni darvozamizdan uzoqroqda bo‘lishini ta’minlamoqchi edik.Ramosning chetlatilishi? Hakamlik haqida hech narsa demayman. Bu narsa bizni chempionlikdan mahrum qildi degan fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Umid qilamanki, barcha futbolchilar mavsum yakuniga qadar yuqori notada o‘ynay oladi.
Izoh (0)