23-aprel kuni Jizzax shahar va tumanlar hokimi o‘rinbosarlariga xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun 40 ta yangi zamonaviy Nexia-3 avtomobillari topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Ulug‘bek Uzoqov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan hududiy boshqaruv organlari xodimlariga berilayotgan e’tibor haqida gapirib, yaratilayotgan sharoitlar ularni yanada mas’uliyat bilan faoliyat yuritishlariga undashini ta’kidladi.
Mazkur xizmat avtomobillari shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari uchun ajratilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)