Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Germaniya hukumati joriy yilning yanvar—fevral oyida boshpana so‘rab murojaat qilgan afg‘on muhojirlarining 47,9 foizining iltimosini ma’qulladi. Bu haqda Passauer Neue Press nashri xabar bermoqda.

Foto: The Epoch Times

Foto: The Epoch Times
Nemis hukumati salkam 14,5 ming afg‘onistonliklarga rad javobini bergan. “Interfaks”ning qayd etishicha, jami 27 639 ta ariza topshirilgan.

Taqqoslash uchun, 2015-yilda boshpana so‘ragan afg‘on muhojirlarining 77,6 foizi, 2016-yilda esa 60,5 foizi ijobiy javob olgan edi.

OAV axborotiga ko‘ra, so‘nggi ikki yil davomida Germaniya hududiga “Tolibon” terrorchilik harakatining minglab vakillari kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

2016-yil oktabrida Berlin va Kobul qochoqlarni vataniga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni vaqtga qadar Germaniyadan Afg‘onistonga 60 kishi jo‘natib yuborilgan, yaqin yillar ichida nemis hukumati yana 12,5 ming kishini Afg‘onistonga qaytarib yuborishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi