Janubiy Karolinada to‘qqiz nafar afroamerikalikni o‘ldirgani uchun federal sud tomonidan o‘lim jazosiga hukm etilgan Dilan Ruf Charlstondan o‘lim jazosi ijro etiladigan Indiana shtati qamoqxonasiga o‘tkazildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ruf 2015-yilning yozida Charlston cherkovida to‘qqiz nafar afroamerikalikni o‘ldirgani uchun yanvar oyida o‘lim jazosiga mahkum etilgan edi. Unga irqiy nafrat asosida jinoyat sodir etish, shuningdek, boshqa bir qator jinoyatlar yuzasidan ayblov e’lon qilingan edi.
Dekabrda sud uni ayblovning barcha 33 ta bandi bo‘yicha aybdor deb topdi. Yigit uning hayotini saqlab qolish evaziga aybini tan olishni taklif qildi, biroq prokuratura bunday kelishuvdan bosh tortdi.
Izoh (0)