Carl Vinson aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining aviatsiya jangovar guruhi aprel oxirigacha Yapon dengiziga yetib keladi. Bu haqda Osiyo turnesi doirasida Avstraliyaga tashrif buyurgan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox telekanaliga bergan intervyusida Koreya yarim oroliga “o‘ta qudratli guruh” jo‘natayotilayotganini bildirgandi.
Biroq 19-aprel kuni kemalar shimolga — Yapon dengiziga emas, Avstraliyaga, mazkur mamlakat harbiylari bilan rejalashtirilgan mashg‘ulotlarga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.
Ertasiga Oq Uy va Pentagon vakillari Tramp xato so‘zlamagani, Carl Vinson boshchiligidagi jangovar guruh Koreya yarim oroliga Avstraliya orqali yetib borishi oldindan rejalashtirilgani ta’kidladi.
Izoh (0)