Yaman armiyasining aksilterror bo‘linmalari Xadramaut provinsiyasida “Al-Qoida Arabiston yarim orolida” terrorchilik tarmog‘i qo‘mondonligi a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat hukumatiga yordam ko‘rsatayotgan arab koalitsiyasi shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Koalitsiya maxsus bo‘linmasi va aviatsiyasi ham safarbar etilgan operatsiya 22-aprel, shanbaga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tarmoqning qator yetakchilarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi. Ularning ko‘pchiligi turli mamlakatlardan kelgan yollanma jangarilar ekanligi bildirilmoqda.
Jangarilar Yaman janubida turkum teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. Harbiylar qurol-yarog‘, texnika va portlovchi moddalarni musodara qildi.
Izoh (0)