Toshkentdagi “Yoshlik” sport majmuasida bugun — 23-aprel kuni boks kechasi bo‘lib o‘tadi, deb ma’lumot berdi “Olamsport” nashri.
Unda o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ringga chiqadi: Doston Turdiyev, Jamshid Najmiddinov, Husniddin Po‘latov, Sherali Mamajonov va Shukurillo Qudratov. Bunda sportchilar kimga qarshi ringga chiqishiga oydinlik kiritilmagan.
Boks kechasi 18:00 da start oladi.