“O‘zekspomarkaz”da JobFair—2017 o‘ninchi ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
“MyJob.uz” amaliy tarmog‘i va “Karyera+” gazetasi tahririyati tomonidan o‘tkazilgan tadbirning ochilishida O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
An’anaviy JobFair yarmarkasida O‘zbekistonda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 70 ta kompaniya ishtirok etdi.
“Bu kabi yarmarkalar malakali xodimlarni jalb qilish uchun juda qulay maydondir, — dedi Woodman Group qo‘shma korxonasi xodimlarni tanlash bo‘yicha menejeri Albina Hafizova. — Biz bugun 30 ga yaqin turli mutaxassisliklar bo‘yicha ish o‘rni taklif etdik. Bu anjuman kompaniyamizda ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassislarni topish va ishga taklif qilish uchun ayni muddao bo‘ldi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)