Janubi-Sharqiy Osiyodagi Sulavesi dengizida Carl Vinson aviatashuvchisining F/A-18E qiruvchi-bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda, AQSh harbiy-dengiz kuchlari 7-floti xabarnomasiga asoslanib, “Kommersant.ru” yozmoqda.
Voqea 2-paluba eskadrilyasi tarkibiga kiruvchi F/A-18E Carl Vinson’ga yaqinlashayotgan paytda ro‘y berdi. Uchuvchi katapultadan muvaffaqiyatli foydalanib, dengizga tushdi, uni aviatashuvchining qutqaruv vertolyoti dengizdan olib chiqdi. Uchuvchida jiddiy jarohatlar yo‘qligi aytilmoqda.
AQSh Koreya qirg‘oqlariga uch aviatashuvchi yo‘llagani ilgariroq ma’lum bo‘lgan edi. Carl Vinson boshqa bir guruh kemalar bilan birga 25-aprel kuni Koreya yarim oroli sohillariga yetib kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)