Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan jangarini qo‘lga oldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u 9-may kuni MDH mamlakatlarining birida terakt uyushtirishni rejlashtirgan. Gap qaysi davlat haqida ketayotgani aniqlashtirilmayapti.
Qo‘lga olingan shaxs o‘shlik bo‘lib, 1994-yili tug‘ilgan. U 2013-yili terrorchilar tomonidan yollanib, Suriyaga yuborilgan, u yerda xalqaro terrorchi guruh tarkibida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u jangarilar tarafidan uyushtirilgan ommaviy qatllarda shaxsan ishtirok etgani ma’lum.
Izoh (0)