Politsiya o‘z xodimlariga hujum qilgan erkakka aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxsning Parij shahri chekka qismida joylashgan uyida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda politsiya hujjatiga tayanib, Associated Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Tezkor tadbir Sena va Marna departamentining Shel aholi punktida o‘tkazildi. Uy 39 yoshli Karim Cheurfining oilasiga tegishli ekanligi ta’kidlanmoqda.
Politsiya manbasiga ko‘ra, hujum qilishda bosh gumonlanuvchi — 39 yoshli erkak Parijning sharqiy qismidan.
Agentlik Le Parisien fransuz gazetasi arxiviga tayanib ma’lum qilishicha, Cheurfi 2001-yilda politsiyachiga hujum qilishda ayblanib, hukm qilingan edi.
Avvalroq Parij prokurori Fransua Molens Parijda politsiyachilarga qarata o‘q uzgan odamning shaxsi aniqlanganligini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)