BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda bosh kotib vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.ru”.
“Bosh kotib va prezident yaqin vaqt ichida yana bir bor uchrashishga kelishib oldi. Bosh kotibning fikricha, u BMT va AQSh hamkorligini konstruktiv muhokama qildi”, — ma’lum qildi Dyujarrik.
Uchrashuv 10–15 daqiqa davom etgani aytilmoqda.
Izoh (0)