Birlashgan Qirollik mustaqilligi partiyasining (UKIP) sobiq yetakchisi, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishining asosiy ideologlaridan biri Nayjel Faraj 8-iyun kuni mamlakatda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovida o‘z nomzodini ko‘rsatmaydi. Bu haqda u The Telegraph gazetasida chop etilgan mualliflik maqolasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qildim, ammo Yevropada Brexit uchun kurashaman”, — dedi 1999-yildan buyon Yevroparlament deputati bo‘lgan Faraj.
Ilgariroq 53 yoshli siyosatchi parlament saylovida yetti marta ishtirok etib, muvaffaqiyat qozona olmagan edi.
Izoh (0)