KXDR yana BMT kotibiyatidan Xavfsizlik Kengashining Pxenyanga yadro quroli va uni eltuvchi vositalarni ishlab chiqarishni taqiqlovchi sanksiyaviy rezolyutsiyalarining qonuniy huquqliligini muhokama qilish uchun xalqaro forum tashkil etishni so‘radi, deb yozadi “TASS”.
Mamlakatning BMT huzuridagi doimiy vakilligi yozma bayonotida tashkilot bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik tanqid qilingan. U KXDRning oxirgi raketa sinovi haqida salbiy fikr bildirgan edi.
“Agar u haqiqatda ham BMT kotibiyati rasmiy vakili bo‘lsa, urush ostonasida turgan Koreya yarimorolidagi hozirgi murakkab vaziyat uchun javobgar ekanligini tushunishi lozim hamda o‘zini xolis tutishi lozim. Koreya yarimorolidagi vaziyatning murakkablashuvi uchun Janubiy Koreyada provokatsion qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Qo‘shma Shtatlar javobgar”, — deyiladi bayonotda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)