Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli va Lutfikor ko‘chalari chorrahasida 10-aprel kuni soat 21:00 larda noma’lum haydovchi transport vositasi bilan piyodani urib ketgan, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Sergeli tumanida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan haydovchi voqea joyidan yashiringan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan piyoda kasalxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Sergeli tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro shaxsiy Lacetti rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 18-aprel kuni ushlangan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)