“Avtostat” tahlil agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ravon R2 avtomobili Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xetchbeklar ro‘yxatining o‘ninchi o‘rnidan joy oldi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Agentlik 2017-yilning yanvar—fevral yakunlari bo‘yicha yangi yengil avtomobillar bozorida tadqiqot o‘tkazdi.
Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Lada Granta liftbeki joy oldi. Ushbu model hisobot davrida 4 189 dona sotilib, sotuv hajmi 4,2 foizga kamayganligini ko‘rsatdi.
Ikkinchi o‘rinni “AvtoVaz”ning yana bir vakili Lada Xray egalladi (3 698 dona; +294,7 foiz). Reyting uchinchi o‘rindan 3 204 nusxada sotilgan Renault Sandero joy oldi (uch foizga kamaygan).
Ravon R2 xetchbek o‘ninchi o‘rinni egalladi. Hisobot davrida 372 dona avtomobil sotilgan.
2017-yilning ikki oyi davomida jami 20,1 ming nusxada xetchbek sotilgan. Bu o‘tgan yilgi natijadan 4,5 foizga kamdir.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)