Iroq Oliy islom kengashi rahbari Ammor al-Hakim mamlakat IShID bilan kurashni davom ettirish maqsadida neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha OPEK bilan kelishuvdan chiqishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, Iroq neft qazib olish hajmini yanada ko‘paytirib, zaxiralarini oshirishi lozim, negaki IShIDga qarshi kurash ulkan xarajatlarni talab etadi.
“Bunday murakkab vaziyatda Iroq OPEKning qolgan davlatlari uning uchun istisno qila olishiga umid qilsa bo‘ladi, ana shunda mamlakat neft qazib olish hajmini oshirishi mumkin bo‘ladi”, — dedi al-Hakim.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)